background
logotype
image1 image2 image3

«Masbuq», «lohiq» va «mudrik» kabi so‘zlarning ma’nosi nima?

Savol: Kitoblarda «masbuq», «lohiq» va «mudrik» kabi so‘zlarga duch keldim.Ularning ma'nosini tushuntirib berolmaysizmi?

Javob: Jamoat farz namozini o‘qiyotganda bir va undan ortiq rakatga kechikib qo‘shilgan kishi masbuq deyiladi.

Namozga birinchi rakatdan qo‘shilib, tahorati singani yo uxlab qolgani sababidan namozni jamoat bilan tugatolmagan kishi lohiqdir.

Jamoat namozini boshdan oxirigacha imom bilan o‘qigan shaxs mudrik hisoblanadi. Masbuq qoldirgan rakatlarida qiroat qilib namozini tugal qiladi. Lohiq qoldirgan rakatlarida qiroat qilmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.