background
logotype
image1 image2 image3

Masbuq kishi namozni qanday ado etadi?

Savol: Masbuq kishi namozni qanday ado etadi?

Javob: Masbuq uch holatda:

a) mashi muddati chiqib ketishi; b) namoz vaqti o‘tib qolishi; v) oldidan odamlar kesib o‘tishi ehtimoli bo‘lganida «attahiyot»ni o‘qib, imom salom berishini kutmay, o‘zi qoldirgan rakatlarni o‘qishga turadi. Boshqa holda esa imom salom bergach, qoldirgan rakatlarni o‘qishga turadi. Turgach, namozga qo‘shilgan paytda sanoni o‘qimagan bo‘lsa, dastlab sano o‘qiydi, so‘ng taavvuz va basmala aytib, Fotiha surasini va zam surani qiroat qiladi.

Agar bir rakat qoldirgan bo‘lsa, mazkur tartibda bir rakat o‘qib, qa'dai oxir bilan namozni tugatadi.

Agar ikki rakat qoldirgan bo‘lsa aytilgandek bir rakat o‘qigach, yana qiyomga turib, Fotiha surasi va zam surani o‘qib qa'dai oxir bilan namozni bitiradi.

Agar uch rakat qoldirgan bo‘lsa, yuqorida aytilganiday bir rakat o‘qib, qa'daga o‘tiradi va tashahhud o‘qib, qiyomga turadi. Fotiha surasi va zam sura o‘qiydi, ruku', sajda qiladi va yana qiyomga turib faqat Fotiha surasini o‘qib, oxirgi qa'daga o‘tiradi.

Agar hamma rakatdan ham kechikib, qa'dai oxir payti namozga ulgurgan bo‘lsa, niyatni qiladiyu sanoni ham o‘qimay, qa'daga o‘tiradi, tashahhud o‘qiydi. So‘ngra turib u vaqt namozni qanday o‘qish lozim bo‘lsa, xuddi shunday ado qiladi va, inshaalloh, jamoat namozi fazilatini topadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.