Juma namoziga kechikilsa...
Savol: Alhamdulillah, imkon qadar namozimni jamoat bilan o'qiyman. Bitta savol chiqib qoldi: imomlikka o'tadigan kishilarga qanday shartlar qo'yilgan? Umuman, imom bilan iqtido qiluvchi o'rtasidagi munosabatlarda nimalarga ko'proq e'tibor berish lozim?
Javob: Imomlik va jamoatning shartlari quyidagilar:
1. Balog'atga yetgan bo'lmoqligi. Balog'atga yetgan kishining go'dakka iqtido qilishi durust emas.
2. Erkak kishi bo'lmoqligi. Ayol kishining erkak kishiga imom bo'lmoqligi durust emas.
3. Imomning qiroati tajvid talablariga muvofiq bo'lishi.
4. Imomning siydik tomib turishi, yel chiqib turishi, doimiy qon oqib turishi kabi uzrli holatlardan salomat bo'lishi.
5. Imomga iqtido qiluvchi safda imomdan oldinga o'tib ketmasligi. Bu ham iqtidoning shartlaridandir.
6. Iqtido qiluvchining imomga ergashishni niyat qilishi. Agar imom ayollarga imomlik qilsa, ularga imomlik qilayotganini niyat qilishi vojibdir.
7. Farz namozni o'quvchi nafl o'qiyotgan kishiga, ruku', sajdaga qodir kishi imo-ishora bilan o'quvchiga, bir farzni o'qiydigan kishi boshqa farzni o'qiyotganga iqtido qilmoqligi durust bo'lmaydi. Shuningdek, qiroati tajvidga muvofiq kishi qiroati buzuq kishiga, kiyimli kishining yalang'ochga iqtido qilishi joiz emas. Lekin tayammum qilgan kishi tahoratlilarga, mahsiga yoki yarasiga mash tortgan kishi mash tortmay, oyoqlarini yuvgan kishilarga imom bo'lishi durustdir.
8. Imom bilan imomga ergashuvchining o'rtasida imomning nima qilayotganini to'sib, imom ahvolidan shubhaga soladigan to'siqning bo'lmasligi.
9. Imomga ergashuvchi imomning tahoratini singan, deb bilmasligi ham shart. Imomning tahoratsizligini, masalan, qon oqqan yoki boshqa narsani bilgan kishining shu imomga iqtido qilishi joiz emas.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.