background
logotype
image1 image2 image3

Juma namozi xutbalari

SavolAllohga shukrkiyaqindan juma namozini ado eta boshladimJuma namozi masalalari haqida ma'lumot bersangizlar.

JavobJuma namoziga ikki marta azon aytiladi. Birinchi azon juma vaqti kirganida aytiladi. Bu azondan so‘ng to‘rt rakat sunnat namozi o‘qiladi. So‘ng imom minbarga chiqadi va uning qarshisida ikkinchi azon aytiladi. Bu azondan so‘ng imom minbarda tik turib, qavmga qarab ikkita xutba o‘qiydi. Ikki xutba o‘rtasida uch oyat miqdori o‘tiradi. Ikkinchi xutba tugagach, muazzin namoz uchun iqomat aytadi va bomdodning ikki rakat farz namozi kabi ikki rakat farz namozi o‘qiladi. So‘ng yana to‘rt rakat sunnat namozi o‘qiladi. Shu bilan juma namozi tugaydi.

Xutba o‘qigan kishi jumaning farz namoziga imom bo‘lishi lozim. Xutbani bir kishi, namozni ikkinchi kishi o‘qishi joiz emas (jumadan oldingi mav'izani boshqa odam qilsa, bo‘laveradi). Imom minbarga chiqqanida nafl namozlar o‘qilmaydi, so‘zlashilmaydi. Xutba vaqtida qavmning xatibga qarab quloq solib turishi mustahabdir.

Xutbaning farzi xutba vaqtida Alloh taoloni zikr etishdir. Shunga asosan xutba niyatida hamd yo tasbeh yoki tahlil aytilsa, xutba o‘rniga o‘tadi. Xutbani tik turib, qavmga yuzlanib, eshittirib qilish, xutba boshlashdan oldin ichida ta'avvuz aytish, uni hamd bilan boshlab, unda Allohga sano, shahodat kalimasi, Payg‘ambarimizga salovot aytib, Qur'oni karimdan tilovat qilish sunnat amallaridir. Xutbada qavmga pandu irshod, musulmonlar haqqiga duo qilish va ikki xutba o‘rtasida o‘tirish ham sunnat amallardandir.

Imom bo‘lishga haqli kishi juma namoziga ham imom bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.