background
logotype
image1 image2 image3

Jum’a namozi sunnati qazosi bormi?

Savol: Juma namoziga kelganimda imom minbarda bo‘lib, azon aytilayotgan ekan. Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatini o‘qiy olmadim. Uning qazosi o‘qiladimi?

Javob: Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnati imom xutba qilayotganida ham, xutbani tugatgandan so‘ng farzdan oldin va keyin ham o‘qilmaydi. Zero, bomdod va peshin namozlarining sunnatlaridan o‘zga sunnat namozlarini qazo qilish haqida shar'iy dalil yo‘q. ("Raddul Muxtor")

Bomdod namozining sunnati faqat tushgacha farziga qo‘shib qazo qilinadi. Peshinning to‘rt rakat sunnati (farziga takbir aytilgani uchun o‘qimagan bo‘lsa) ikki rakat sunnatdan oldin o‘qiladi. Boshqa hollarda sunnat namozlari qazo qilinmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.