Jamoat namoziga kechikilganda...
Savol: Ba'zan masjiddagi jamoatga ulgurmay, kech qolamiz. Namozga kechikib qo‘shilganlarnamozni qanday tugatadilar?
Javob: Jamoat namoziga bir yo undan ortiq rakat o‘tkazib qo‘shilgan kishi masbuqdir. Masbuq imom namozni salom berib tugatguncha unga ergashib namoz o‘qiydi. Imom salom berganidan so‘ng qoldirgan rakatlarini o‘qishga turadi va sano o‘qiydi, taavvuz va tasmiya aytadi. Masalan, uch va to‘rt rakat farz namozlarning oxirgi bir rakatida imomga iqtido qilgan kishi qoldirgan rakatlarni quyidagicha o‘qiydi: imom salom berganidan so‘ng u turib sano o‘qiydi, taavvuz va tasmiya aytib, Fotiha surasini va yana bir surani o‘qiydi. Ruku' va sajda qiladi va o‘tirib tashahhud o‘qiydi. So‘ng turib tasmiya aytib, Fotiha surasini va yana bir surani o‘qiydi. Ruku' va sajda qiladi. Agar namoz uch rakatli bo‘lsa, o‘tirib tashahhud, salovot va duo o‘qib, namozini tugatadi. Agar namoz to‘rt rakatli bo‘lsa, o‘tirmay, qiyomga turadi va faqat Fotiha surasini o‘qiydi, ruku' va sajda qilib, so‘ng o‘tiradi. Tashahhud, salovot va duo o‘qib, namozini tugatadi. Masbuq uch holda imomning salomini kutmay, tashahhud miqdoricha o‘tirgach, qoldirgan rakatlarini o‘qishga turishi mumkin:
- namoz vaqti o‘tayotgan bo‘lsa;
- mash muddati tugayotgan bo‘lsa;
- oldidan kishilarning kesib o‘tishi xavfi bo‘lsa.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.