background
logotype
image1 image2 image3

Jamoat namozi fazilatlari

Savol: Qanday holatda jamoat namozi yuzaga keladiUmumanjamoat namozining fazilatlarihaqida ma'lumot berishingizni so‘rayman.

JavobJamoat namozi ikki va undan ortiq kishi bilan bo‘ladi. Agar ikki kishidan biri balog‘atga yetmagan, lekin oq-qorani tanigan bola bo‘lsa ham, namoz jamoat bilan o‘qiladi. Namozni jamoat bilan o‘qish sunnat ila sobit bo‘lgan vojibdir.

Jamoat namozi Alloh taoloning rahmati va roziligidir. Hadisi sharifda shunday vorid bo‘lgan: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma yetti barobar ortiqdir». Kishining namozni jamoat bilan o‘qish uchun masjid sari tashlangan har bir qadamiga Alloh taolo bir savob yozadi, bir gunohini kechiradi va bir daraja ko‘taradi («Halabi Kabir», «Shir'atul-Islom» sharhi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.