background
logotype
image1 image2 image3

Imomga iqtido qilish tartibi bormi?

Savol: Imomga iqtido qilishda ham alohida tartib bor, deb eshitdim. Shularni tushuntirib bersangizlar.

Javob: Imomga iqtido qilishda quyidagi tartibga amal qilinadi:

1. Tahorat bilan namoz o‘qiydigan kishining tayammum bilan o‘qiydigan kishiga iqtido qilishi mumkin.

2. Tahorat olayotganda oyog‘ini yuvgan namozxonning mahsisiga mash tortgan imomga iqtido qilishi mumkin.

3. Tik turib namoz o‘qishga qodir odamning o‘tirib namoz o‘qishga majbur bo‘lgan imomga iqtido qilishiga ijozat bor.

4.  Ishora bilan namoz o‘quvchining xuddi shu taxlitda namoz o‘qiydigan kishiga iqtido qilishiga ruxsat etilgan.

5. Nafl namoz o‘quvchi kishi farz namoz o‘qiyotgan kishiga iqtido qilishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.