Imomdan oldin bajarish mumkinmi?
Savol: Goho masjidlarda ayrim namozxonlarning imomdan oldin ruku' va sajdaga ketib qolishlariga guvoh bo‘lamiz. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Yo‘q. Muqtadiyning imomdan avval ruku', sajdaga borishi yoki ulardan bosh ko‘tarishi, salom berib yuborishidan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom qattiq qaytarganlar. Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Imomdan oldin boshini ko‘tarayotgan kishi Alloh taolo uning boshini eshakning boshiga aylantirib qo‘yishidan qo‘rqmaydimi?" deganlar. Bunday kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun imomga iqtido qilish tartiblarini yaxshilab o‘rganish lozim. Fuqaholarimiz buning me'yorini bunday keltirishgan: "Imomga iqtido qilgan kishi imom takbir ("Allohu akbar")ni aytib bo‘lganidan keyingina harakatga kirishsin. Ergashuvchining lafzi jalol (Alloh) talaffuzidagi "A"si imomning «akbar» degandagi "r"siga ulanib ketsin". Bu imom harakatini tugatgan zahoti muqtadiy boshlashi kerak, degani.
O'z navbatida imomlik qilayotgan kishi ham ana shu holatlarda hushyor bo‘lishi, sunnatga amal qilishi lozim. Ba'zi imomlarning turgan joyida "Allohu akbar" deb, keyin ruku'ga borishi, tiklan-anida "Allohu akbar"ni tamomlab, so‘ng sajdaga ketishi xatodir, sunnatga xilofdir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.