background
logotype
image1 image2 image3

Imom juma mav'izasini qilib turgan paytda nafl namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Savol: Imom juma mav'izasini qilib turgan paytda nafl namoz o‘qisa bo‘ladimi? Umuman, masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namoz haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: Masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namozni Tahiyyatul masjid («tahiyyat» salomlashish, so‘rashish ma'nosidadir) namozi, deyiladi. Ushbu ikki rakatli namozni ado etish sunnat. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Qaysi biringiz masjidga kirsa, ikki rakat nafl namoz o‘qimay o‘tirmasin», deganlar.

Hanafiy mazhabi bo‘yicha, mazkur namoz farz namoz o‘qilmayotgan va namoz o‘qish makruh bo‘lmagan vaqtlarda ado etiladi.

«Tahiyyat» o‘qishga tahoratsizlik yoki boshqa narsa sababidan imkoniyat bo‘lmasa, «Subhanalloh, alhamdulillah, va lailaha illallohu vallohu akbar» deyilishi sunnatdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.