background
logotype
image1 image2 image3

Hayit namozlari qanday o‘qiladi?

Savol: Hayit namozlari haqida ma'lumot berishingizni so‘rayman.

JavobHayit namozlari ikkitadir: biri Ramazon hayitida, ikkinchisi Qurbon hayitida o‘qiladi. Hayit namozlari juma namozi farz bo‘lgan kishilarga vojibdir. Ikki hayit namozi ham bir xil tartibda ado etiladi. Hayit namozlarini quyosh ikki nayza balandligida ko‘tarilgandan so‘ng zavolgacha o‘qish mumkin. Hayit namozini o‘qishga (jamoatga) ulgurmagan kishi o‘zi o‘qimaydi. Ro‘za hayiti kuni uzr bo‘lib, jamoat uni o‘qiyolmasa, ertasiga o‘qishi joiz. Qurbon hayiti namozi hayit kuni o‘qilmasa, keyingi ikki kunda o‘qilishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.