background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zi hollarda jamoat imom qilganini ado etmasligi kerak ekan. Bu holatlar qaysilar?

SavolBa'zi hollarda jamoat imom qilganini ado etmasligi kerak ekanBu holatlar qaysilar?

JavobTo‘rt holatda jamoat imom qilganini bajarmaydi. Bular quyidagilar:

1. Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.

2. Iyd namozlarida imom to‘rt takbirdan ko‘proq takbir aytsa, jamoat bunday qilmaydi.

3. Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavm bunday qilmaydi.

4. Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.

Agar imom to‘rtinchi rakatdan so‘ng tashahhud o‘qimay, beshinchi rakatga turib ketsa, qavm o‘tirib tashahhud o‘qisa, ammo imom qaytmay, beshinchi rakatga sajda qilsa, hammaning namozi buziladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.