background
logotype
image1 image2 image3

Azon va iqomat aytish tartiblari qanday?

SavolNamozga azon aytishning ham alohida tartib-qoidalari bordeb eshitdimShu haqdama'lumot bera olmaysizlarmi?

JavobAzon masjid hovlisida, baland joyda, qiblaga qarab, tik turib aytiladi. Ovoz uzoqqa borishi uchun muazzin ko‘rsatkich barmoqlarini quloqlari ichiga tiqib azon aytishi kerak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrat Bilol roziyallohu anhuga shunday buyurganlar. Tahorat bilan azon aytish mustahabdir. Azon jumlalar orasida bir oz tin olish bilan shoshilmay aytiladi. Azon aytishda tajvid talablarini buzish makruhdir.

Azon va iqomatda «Alloh» lafzidagi «a» tovushini va «akbar» lafzidagi birinchi va ikkinchi tovushlarni cho‘zib aytish qo‘pol xatodir. Qasddan bunday aytgan kishining iymoni xatarda qoladi.

Muazzin yuzini o‘ng tarafga qaratib «Hayya ‘alas solah» jumlalarini, yuzini chap tarafga qaratib «Hayya ‘alal falah» jumlalarini aytishi lozim. Hazrat Bilol azonni shunday aytganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.