background
logotype
image1 image2 image3

«Iymon» deganda nima tushuniladi?

Savol«Iymon» deganda nima tushuniladi?

Javob«Iymon» lug‘atda «tasdiq etmoq, inonmoq» ma'nolarida keladi. Shariatda Alloh taolo tomonidan yuborilgan, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom yetkazgan barcha narsalarni dil bilan tasdiqlab, til bilan iqror bo‘lish «iymon», deyiladi. Alloh taologa, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat, qiyomat, jannat va do‘zax, qabr azobiga hamda Payg‘ambarimiz alayhissalom yetkazgan boshqa barcha narsalarga ishonish iymon shartidir. Qalbida iymoni bo‘lmagan odam har qancha savobli ishlarni qilsa ham, unga savob yozilmaydi. Ibodat va solih amallarning qabul bo‘lishi uchun iymon bo‘lishi shart. Iymon bilan o‘lgan inson gunohlari tufayli do‘zaxga tushsa ham, iymoni sharofatidan ma'lum muddatdan so‘ng do‘zaxdan chiqarilib, jannatga kiritiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.