Istirjo' aytish qanday bo‘ladi?
Savol: Bir majlisda «Boshga musibat yetganida istirjo' ayting», deyishdi. Istirjo' o‘zi nima va u qanday aytiladi?
Javob: «Inna lillahi va inna ilayhi roji'un» (ya'ni, «Biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytajakmiz»), deyish istirjo'dir. Alloh taolo Qur'oni karimda bunday deb marhamat qiladi: «(Ey Muhammad alayhissalom), biron musibat yetganida «Biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytajakmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering» (Baqara surasi, 155-156-oyatlar mazmuni).
Istirjo' aytish musulmonlarga xosdir. Bu haqda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamdan bir necha hadis vorid bo‘lgan. Mo‘minalar onasi Ummu Salama roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Abu Salama Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan keldi va: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir gap eshitib, juda xursand bo‘ldim. U zot: «Biron musulmonga musibat yetganida istirjo' aytsa va: «Allohim, musibatimga ajr ber va menga undan yaxshirog‘ini ato et», desa, Alloh unga yo‘qotganidan yaxshirog‘ini beradi», dedilar», deb aytdi. Men kalimalarni yodlab oldim. Keyin Abu Salama vafot etganida istirjo' aytdim va «Allohim, musibatimga ajr ber va menga undan yaxshirog‘ini ato et», deb duo qildim. Lekin ichimda: «Abu Salamadan yaxshisini qaerdan ham topardim?» der edim. Iddam tugagach esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni o‘zlariga jufti halollikka so‘rab huzurimga kirdilar...» (Imom Ahmad va Muslimlar rivoyati).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.