Bir do‘stim "Musulmon kishi Tavrot va Injilga ham iymon keltiradi", dedi. Men uning bu gapiga qo‘shilmadim. Bunda kim haq?
Savol: Bir do‘stim "Musulmon kishi Tavrot va Injilga ham iymon keltiradi", dedi. Men uning bu gapiga qo‘shilmadim. Bunda kim haq?
Javob: Iymonning yana bir sharti Alloh taoloning rasullari va nabiylariga nozil qilgan kitoblariga ishonishdir. Alloh taoloning hamma kitoblari Uning kalomi (so‘zi) va vahiydir, maxluq emasdir. Ularning hammasi bir kalomdir, nazm, o‘qish va eshitish jihatidan bir nechtadir. Bu e'tibordan nozil bo‘lgan kitoblarning eng afzali Tavrot, Injil, Zabur va Qur'oni karimdir. Bu to‘rt kitobning eng afzali Qur'oni karimdir. Qur'oni karim nozil bo‘lgach, qolgan barcha kitoblarni o‘qish va yozish bekor bo‘lgan. Chunki ulardagi hukmlar muayyan xalqqa yo‘llangan edi. Qur'oni karim hukmlari esa butun insoniyatga qaratilgan. Tavrot Muso alayhissalomga, Zabur Dovud alayhissalomga, Injil Iso alayhissalomga, Qur'oni karim esa Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga yuborilgan. Qur'oni karim hukmlari qiyomatgacha o‘zgarmaydi, biror harfi ziyoda yoki kam bo‘lmaydi, tillarda va dillarda saqlanib boradi. Qur'oni karim o‘qish ibodat hisoblanadi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.