background
logotype
image1 image2 image3

Yomon hid bilan masjidga kirish mumkinmi?

Savol: Kunlar isib qoldi. Ko‘chada yurib yo ishlab badan terlaydi, hidlanadi. Shu holda, umuman, yomon hid bilan masjidga kirish mumkinmi?

Javob: Islom tom ma'noda poklik dinidir. Shuning uchun ham tahorat va g‘usl farz qilingan. Maqsad: musulmon kishidan hech kim ozorlanmasin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta'lim berganlar: «Kim sarimsoq, piyoz va ko‘k piyoz yegan bo‘lsa, masjidimizga yaqinlashmasin, chunki farishtalar odam bolasi ozorlanadigan narsadan ozorlanadi» (Imom Muslim rivoyatlari). Bu gap terlab, badanlari yoki kiyimlarida badbo‘y hid bilan masjidga kiruvchilarga ham tegishlidir. Ammo tamaki va nosvoyga kelsak, ularni chekish haromdir. Tamaki va nosvoyning hidi esa yuqorida aytilganlardan ham jirkanchdir. Uning badbo‘y hididan insonlar va farishtalar ozorlanadi. Shuning uchun chekadigan va nos otadigan kishi bu illatlardan tezda qutilishi zarur.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.