background
logotype
image1 image2 image3

Tasbeh avvalda bo‘lganmi?

SavolMasjidlardako‘chadamajlislarda ba'zi kishilarning tasbeo‘girib turganini ko‘ramiz.Tasbeavvaldan bo‘lganmi yoki keyinchalik urfga kirganmi?

JavobTasbeh, ya'ni «Subhonalloh», deb Allohni zikr etish ham dinimizda ibodat sanaladi. Rasululloh (s.a.v.) hayotliklaridayoq sahobiylar Allohni zikr etish, aytgan tasbeh, tahmid, takbir va tahlillarining sanog‘ini belgilashda turli vositalar: mayda toshlar, xurmo danaklari, g‘alla donalari, turli marjonlardan foydalanishgan. Masalan, mashhur sahobiy Abu Hurayraning ipni bir-biriga tugib ikki ming tugunli tasbeh yasab olganlari, keyinchalik aytgan zikrlarini sanashda toshcha va xurmo danaklarini alohida xaltaga joylab foydalanganlari rivoyat qilingan. Rasulullohning (s.a.v.) qizlari hazrati Fotimaning ham zikrlarni sanash uchun ipga tizilgan bir marjonlari bo‘lgan. Keyinchalik xurmo, zaytun danaklarini teshib, ipga tizib yoki marjon va toshchalardan hozirda siz bilan biz biladigan tasbehlar yasala boshlangan. Zikrni ma'lum miqdorga yetkazib, qalb huzuriga erishilgani uchun ham musulmonlar tasbehdan foydalanganlar va u keng ommalashgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.