background
logotype
image1 image2 image3

Sovchilik odoblari qanday?

Savol: Qizga sovchi qo‘yish dinimizda bor narsami yoki urf-odatga kiradimiUmuman,sovchilikning tartib-qoidalari qanday bo‘ladi?

JavobNikohdan oldin sovchilik sunnatdir. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga va boshqalarga sovchilik qilganlar. Sovchilikdan maqsad qizning xohishini, shuningdek, ota-onasining fikrini, nikohga roziligini yo noroziligini bilishdir. Sovchilik odatda er tarafidan bo‘ladi. Sovchilik erning ayolni birga yashashga taklif etishidir.

Nikohdan oldin qiz va oila a'zolarining roziligi lozim. Sovchilik qiz va uning yaqinlarining fikrlarini ko‘rsatadi. Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallam ayollarning o‘zlari talab qilmaganida yo ijozat bermaganida ularni nikohlashdan qaytarganlar. Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: «Bevani u bilan maslahatlashmasdan nikoh qilinmaydi. Qizning roziligi olinmasdan nikoh qilinmaydi». Sahobalar so‘radilar: «Yo Rasululloh! Qizning roziligi nima?» Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Indamasligi», deb javob qildilar».

Bevaning maslahatini olish lozim. Bevaning yaqinlari uning nikohga ochiq roziligini olishlari kerak. Qizdan esa roziligi so‘raladi. Ammo u ochiq javob berishga majbur qilinmaydi. Uning indamasligi kifoya. Zero, qiz ochiq javob berishdan tortinadi. Oysha roziyallohu anho onamizdan shunday rivoyat qilinadi: «Oysha onamiz: «Yo Rasululloh, qiz uyaladi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning indamasligi roziligidir», dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.