background
logotype
image1 image2 image3

Ranjitishi to‘g‘rimi?

SavolYaqinda kuyovim qizimni arzimas xatosi uchun ranjitibdi«Nega bunday qildingiz?»desam«Aytganimni qilmadi»dediShu to‘g‘rimi?

JavobAyol eriga itoat qilishi, uning topshiriqlarini, agar ular Alloh amriga zid bo‘lmasa, bajarishi lozim. Ammo er topshiriqlari Alloh amriga zid bo‘lsa, uni bajarmasligi kerak. Zero, Xoliqqa gunohkor bo‘lib, maxluqqa itoat etilmaydi.

Erlarning ayollardan afzalligini, ba'zi fahm-farosatsiz johillar o‘ylaganidek, er ayol ustidan hukm qiluvchi hokim, unga istagan narsasini yuklaydi va xohlaganini buyuradi, ayolning yo‘q, deyishga, erining buyrug‘iga qarshi chiqishga haqqi yo‘q, chunki, u xato qilsa ham, zolim va qo‘pol bo‘lsa ham, erdir, deb tushunmoq durust bo‘lmaydi. Bunday tushunish bag‘oyat katta jaholatdir. Alloh amriga ziddir.

Ba'zi insonlar ba'zilarni, xususan, ayollarni qul qilsin va xorlasin uchun emas, balki rahm qilsin, yordam bersin, ishlarini to‘g‘rilasin, yaxshilik qilsin, hurmat qilsin uchun Alloh taolo ularning ba'zilarini ba'zilaridan fazilatli qilgandir.

Xotinlarni qulni kaltaklagandek kaltaklaguvchilar yaxshi kishi emas. Xotinlarga ozor beruvchilar, ularni xorlovchi va kamsituvchilar, ularga qo‘pollik qiluvchilar qalblarida mehr bo‘lmagan kishilardir. Ular juda ham yomon erlardir. Musulmon erlar bunday bo‘lmasligi kerak.

Haqiqiy ma'nodagi er xotini bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi, erlik mas'uliyatini sadoqat va ixlos bilan ado etadi. Xotinining holatini yaxshilaydi, buzmaydi. Unga yaxshilik qiladi, yomonlik qilmaydi. Uni yaxshi ishlarga boshlaydi, yaxshi ishlardan qaytarmaydi. Xotini xato qilsa, nasihat bilan unga shafqat ko‘rsatadi, qo‘pollik qilmaydi. Unga mehr-iltifot ko‘rsatadi. Tundlik va manmanlik qilmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.