background
logotype
image1 image2 image3

Qo‘shnining qanday haqlari bor?

Savol: Qo‘shnining qo‘shnida bir qancha haqlari bordeb eshitdimUlar qaysilar?

JavobBu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan bir sahih hadisni keltiramiz: «Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘shni haqqi nima ekanligini bilasizlarmi?» deya so‘radilar. So‘ngra o‘zlari javob qilib:

- Agar qo‘shni sizdan yordam so‘rasa, yordam berasiz;

- dushmanidan panoh tilab oldingizga kelsa, himoyangizga olasiz;

- qarz so‘rasa, qarz berasiz;

- kasal bo‘lib qolsa, holidan xabar olasiz;

- qazosi yetsa, janozasida qatnashasiz;

- unga yaxshilik yetsa, qutlaysiz;

- boshiga musibat tushsa, tasalli berib ko‘nglini olasiz;

- uning iznisiz uyingizni havo o‘tishini to‘sib qo‘yadigan darajada baland ko‘tarmaysiz;

- unga aziyat yetkazmaysiz;

- meva-cheva sotib olsangiz, unga hadya qilasiz, berishni istamasangiz, uyingizga ko‘rsatmay olib kirasiz, bolangiz ham qo‘shnining bolalari havasini keltirib mevalarni ko‘chaga olib chiqmasin;

- qozondagi taom hidi bilan qo‘shningizga aziyat bermang, hidi chiqsa, undan qo‘shniga ham bir oz ulashing, - deganlar».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.