background
logotype
image1 image2 image3

Qiblaga oyoq uzatib yotsam, kattalar tanbeh berishdi. Nima, bu mumkin emasmi?

Savol: Qiblaga oyoq uzatib yotsam, kattalar tanbeh berishdi. Nima, bu mumkin emasmi?

Javob: Qibla dunyodaga barcha musulmonlar namoz va boshqa ibodatlarda yuzlanib turadigan taraf, Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haramda joylashgan - Ka'ba (Baytulloh)dir. Hijratning ikkinchi yilida Alloh musulmonlarga o‘sha tomonga yuzlanib namoz o‘qishni buyurgan. Bungacha ular Quddusdagi Aqso masjidiga qarab ibodat qilishardi. Haj va Umra qiluvchilar Ka'bani yetti marta aylanib, tavof (ziyorat) etishadi.

Shuning uchun qibla tarafga oyoq uzatib yotish, o‘tirish, u tomonga qarab yoki orqa qilib yozilishlik, yosh bolalarni u tarafga qaratib to‘sish makruh hisoblanadi, mumkin emas. Bu bilan qiblaga nisbatan tarki hurmat qilingan bo‘ladi.

Marhumlarga janoza o‘qilayotganda va qabrga qo‘yilganda o‘ng tomoni qiblaga qaratib qo‘yiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.