background
logotype
image1 image2 image3

Otadan voz kechsa bo‘ladimi?

SavolFarzand yoshligida tashlab ketgan otasidan voz kechishi mumkinmiBir do‘stimizniotasi bilan yarashtirish uchun har kancha tirishmayliku «Meni tirik yetim qilgan otamdan vozkechganman»deb ko‘nmayaptiShunga tushuntirish bersangiz.

JavobMusulmon kishi qanday sabablar bilan atalmasin, o‘z otasidan voz kechishi, boshqani ota hisoblashi mumkin emas. Islom shariatida bu ish ta'qiqlangan. Ba'zilar otasi yoshligida tashlab ketganligi uchun jahl qilib, boshqa bir kishini ota sifatida qabul qiladi va rasmiy hujjatlarda buni qayd ham ettiradi. Bu ish haromdir.

Nasl-nasabni har qanday shaklda qalbakilashtirish shariatimizda haromdir. Ba'zi erlar xotinlari bilan urishganda ularga o‘chakishib buzuqlikda ayblaydi va pushti kamaridan bo‘lgan farzandidan voz kechadi. Ba'zi xotinlar esa erlariga xiyonat qilib, begonadan orttirgan bolani eriga bog‘laydi. Bularning hammasi haromdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.