background
logotype
image1 image2 image3

Namozdan keyin ko‘rishish bid’atmi?

Savol: Do‘stim bilan oldindan ko‘rishib, salomlashib, keyin namozlarga birga kiramiz. Namozdan keyin yana ko‘rishishimiz bid’at emasmi? Nima uchun namozdan keyin ko‘rishiladi?

Javob: Aslida musulmonlarning bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishishlari sunnat hisoblanadi. Lekin namozdan oldin qo‘l berib ko‘rishgan bo‘lsangiz, namozdan so‘ng masjidning ichida yana qayta qo‘l berib ko‘rishmang. Bunday ko‘rishishni odat qilib olish makruhdir. Chunki bunda asli bo‘lmagan narsani ibodatning bir juziga aylantirib qo‘yish bordir. Lekin masjiddan chiqqandan so‘ng yoki chiqayotib yana qayta qo‘l berib ko‘rishishning zarari yo‘qdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.