G‘iybat dinimizda man etilgan narsalardan ekanligi ma'lum. Ammo...
Savol: G‘iybat dinimizda man etilgan narsalardan ekanligi ma'lum. Ammo do‘stlarimizdan biri g‘iybat qilsa ham bo‘ladi, deb aytib qoldi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Faqih Abu Lays Samarqandiy g‘iybat haqida shunday deydilar: «G‘iybat to‘rt turlidur: kufr, nifoq, gunoh va muboh. Birodarini g‘iybat qilayotgan kimsaga g‘iybat qilma, deyilganida, kimsa: «Bu g‘iybat emas, haqiqatni aytyapman», desa, Alloh taolo harom etgan narsani halol hisoblagan bo‘ladi. Haromni halol hisoblash kufrdir.
Munofiqlik hisoblangan g‘iybat - shaxs nomini tilga olmay, o‘zini yaxshi ko‘rsatib kishilar huzurida g‘iybat qilish. Vaholanki, ular kimni nazarda tutayotganini bilishadi.
G‘iybat qilish mumkin emasligini bilaturib muayyan shaxsni tilga olib g‘iybat qilish gunohdir. Bunga mubtalo bo‘lgan kimsa istig‘for aytishi zarur.
Fosiqni yo bid'atchini kishilar bilib qo‘ysin, deb gapirish muboh bo‘lgan g‘iybatdir. Bu holda kishilarni ogoh qilgani uchun «g‘iybatchi» ajr ham oladi».
Sizning do‘stingiz g‘iybatning bu turini nazarga olganligi muqarrardir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.