Duolarning eng yaxshisi va afzali qaysi?
Savol: Bugungi kunda har xil duolar yozilgan kitoblar chiqib ketgan. Ularni varaqlasangiz, yuzlab duolarga duch kelasiz. Gohida hammasini o‘qish kishiga mashaqqat tug‘diradi. Duolarning eng yaxshisi va afzali qaysi?
Javob: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Duolarning afzali qaysi?" deb so‘radi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: "Rabbingdan sog‘lik hamda dunyo va oxiratda omonlikni so‘ragin", dedilar. Ikkinchi kuni so‘raganida ham ana shunday javob berdilar. Uchinchi kun so‘raganida ham ana shunday javob berib: "Agar senga dunyo va oxiratda ofiyat berilsa, najot topibsan", dedilar Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aksar duolari "Robbana atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan vaqina azoban nar" (ya'ni, "Ey Rabbimiz, dunyo va oxiratda bizlarga yaxshilik berib, do‘zax azobidan saqlagin") edi.
Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qadr kechasida qaysi duoni aytishlarini so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa'fu ‘anniy, deb aytgin", dedilar.
Dinda savolim bor
Ma'nosi: "Allohim, Sen avf etuvchi karim Zotsan, avf qilishni yaxshi ko‘rasan, meni avf etgin".
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ko‘p duo qilardilaru, biz ulardan birortasining lafzini yodlab qola olmas edik. Men: "Ey Rasululloh, ko‘p duo qilasiz. Biz ulardan birortasini yodlolmaymiz", dedim. U zot: "Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlagan duoni sizga aytaman: "Allohumma inniy as'aluka min xoyri ma sa'alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va a'uzu bika min sharri masta'ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va antal musta'onu va ‘alaykal balag‘u vala havla vala quvvata illa billah", dedilar".
Ma'nosi: "Allohim, nabiyying Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panohso‘rayman. Va Sen O'zing madad beruvchisan. Allohdan o‘zgada kuch va quvvat yo‘qdir" (Imom Termiziy rivoyati).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ko‘p duolarni jamlovchi duo bilan duo qilishni yaxshi ko‘rardilar, undan boshqasini tashlardilar.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.