background
logotype
image1 image2 image3

Duo odoblari qaysilar?

Savol«Duo ham ibodatdir»deyishadiAmmo uni qaysi paytlarda ko‘proq qilish, qandayholatlarda qilish, umumanduo odoblarini bilmaymizIltimosshu haqda yozsangizlar.

JavobImom Abu Homid G'azzoliyning «Ihyou ulumid-din» kitoblarida aytilishicha, duo odoblari o‘ntadir: birinchisi - arafa kuni, ramazon oyi, juma kuni, kecha oxirining uchdan biri, sahar vaqti kabi sharafli paytlarni (duo qilish uchun) kutish.

Ikkinchisi - yomg‘ir yog‘ayotganda, namoz qoim qilinganda va namozdan keyingi sharafli holatlarni duo qilish uchun g‘animat bilish. Imom Navaviy: «Qalb yumshaganda ham», dedilar.

Uchinchisi - qiblaga yuzlanish, ikki qo‘lni ko‘tarish va duoning oxirida yuzga surish. To‘rtinchisi - ovozni pastlatish.

Beshinchisi - duoni qofiya bilan qilmaslik. Uni duodagi haddan oshish, deb tafsir qilishgan. Eng yaxshisi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ma'sur bo‘lgan duolar bilan kifoyalanishdir.

Oltinchisi - xuzu', tazarru' va qo‘rqish. Alloh taolo bu haqda: «Darhaqiqatular (ya'nimazkurpayg‘ambarlaryaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo-iltijoqilar edilar» (Anbiyo surasi, 90-oyat); «Parvardigoringizga tazarru' bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz» (A'rof surasi, 55-oyat), degan.

Yettinchisi - duo qilayotganda jazm qilib, ijobat bo‘lishiga ishonib duo qilish.

Sakkizinchisi - duoda sobit bo‘lish, uch marta takror qilish va ijobatga sabrsizlik qilmaslik.

To‘qqizinchisi - duoni Allohga hamd va sano, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib boshlab, yana shular bilan xotima yasash.

O'ninchisi - bu duoning ijobat bo‘lishiga sabab bo‘lgan eng ahamiyatlisidir. Ya'ni, tavba qilish, zulmni o‘z egasiga qaytarish va Alloh taologa yuzlanish.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.