Ayol bemorni erkak shifokor yoki, aksincha, erkak bemorni ayol shifokor davolashiga to‘g‘ri kelsa, dinimizga muvofiq qanday yo‘l tutiladi?
Savol: Ayol bemorni erkak shifokor yoki, aksincha, erkak bemorni ayol shifokor davolashiga to‘g‘ri kelsa, dinimizga muvofiq qanday yo‘l tutiladi?
Javob: Bemorlik holati zarurat holati hisoblanadi, shuning uchun uning hukmlari boshqa holatlar hukmlaridan keskin farq qiladi. Oddiy hollarda ruxsat berilmagan narsalarga zarurat tug‘ilganda ruxsat etiladi ("Al-ashbah van-nazoir". Ibn Nujaym, 85-bet). Shundan kelib chiqib, bemor ayolga qarash uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan ayol shifokor topilmasa, u holda unga erkak shifokor qarashiga ruxsat beriladi. Aksincha bo‘lsa ham, hukmi shunday. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Ummu Sulaym va boshqa mo‘mina ayollarning ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga jangda qatnashishgani va jangchilarga suv tashishgani, yaradorlarni muolaja qilishgani haqida so‘z boradi. Albatta bu jangchilar ayollarga nomahram bo‘lishgan. Ushbu hadisi sharifdan ham zarurat chog‘ida ayol shifokorning begona erkakka qarashi mumkinligi kelib chiqadi. Zero. inson hayotini saqlab qolishda har qanday taqiqlar olib tashlanadi. Biroq shifokor va bemor muloqoti kasallik doirasida, kasallik chegarasida bo‘lishi kerak, bundan ortiq munosabatga yo‘l yo‘q. Shuningdek, agar muolajaga xalaqit bermaydigan bo‘lsa, muolaja joyida mahramlarining bo‘lishlari ma'quldir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.