background
logotype
image1 image2 image3

«Axloq»ning asl ma'nosi

SavolAxloq haqida ko‘p gapiriladiBu iboraning asl ma'nosi haqida bilmoqchi edik.

Javob«Axloq» - xulq so‘zining ko‘plik shaklidir. Xulq nafsning qat'iy sobit holatidir. Nafsning bu holati tufayli amallar undan osonlik bilan sodir bo‘ladi, bunda u fikr va mulohazaga muhtoj bo‘lmaydi. Agar undan shar'an va aqlan yaxshi amallar osonlik bilan sodir bo‘lsa, u yaxshi xulqli, deyiladi. Agar yomon amallar osonlik bilan sodir bo‘lsa, yomon xulqli, deyiladi.

Xulq qat'iy sobit holat bo‘lganidan oriziy holatlarda goho molini sarflagan kishi «saxiy», g‘azabi qo‘ziganda mulohaza qilib, o‘zini bosgan kishi «halim», deyilmaydi. Shuningdek, amal xulq hisoblanmaydi. Shuning uchun aslida saxiy kishi moli yo‘qligi yoki biror sabab tufayli saxovat ko‘rsatolmasligi yoki aksincha, aslida saxiy bo‘lmagan kishi riyo qilib yoki biror sababdan molini sarflashi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.