background
logotype
image1 image2 image3

Tamaki haqida nima deyilgan?

SavolMa'lumkiIslomning ilk davrida sigaret hamnos ham bo‘lmaganFiqh kitoblarida anashu ikki illat haqida nimalar deyilgan?

JavobNabiy (s.a.v.) davrlarida ham, sahobalar va tobe'inlar davrlarida ham sigaret va nos yo‘q edi. Shuning uchun ham Kitob va sunnatda ular haqida ochiq aytilmagan. Ammo Qur'on va hadis qiyomatgacha insoniyatga hodiy ekan, bunday bir salbiy moddalar haqida hech gap aytmagan, deyish to‘g‘ri emas. Boshqa ko‘pgina xususlarda bo‘lgani kabi tutun va nos to‘g‘risida ham har ikkala manbada ishoralar bor.

Ummu Salama onamiz deydilar: «Janobi Rasululloh (s.a.v.) har qanday mast qiluvchi va badanni bo‘shashtiruvchi, zaiflashtiruvchi narsalarni iste'mol qilishdan qaytarar edilar».

Nos va tamaki sog‘lom odamni kasal qilishini, kuchlini zaiflashtirishini hamma, hatto ularni chekayotganlar ham bilishadi, tan olishadi.

Imom Ahmad va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan boshqa bir hadisda: «Islomda o‘ziga ham, o‘zgaga ham zarar yetkazish yo‘q», deyilgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.