background
logotype
image1 image2 image3

Ko‘pincha mehmondorchilikka borsam, dasturxonga aroq qo‘yishadi

Savol: Ko‘pincha mehmondorchilikka borsam, dasturxonga aroq qo‘yishadi. Turib ketay desam, mehmonlarni ham, mezbonlarni ham xafa qilib qo‘yaman. Nima qilay?

Javob: Avvalo chaqirilgan joyda nomashru' (shariatga xilof) holatlar va narsalarning bo‘lishi aniqligi bilinsa, u joylarga borilmaydi. Agar borgandan so‘ng nomashru' narsalar borligini ko‘rsa, qodir bo‘lsa, bundan hammani qaytaradi, qaytarishga kuchi yetmasa, chiqib ketadi. Bordiyu chiqib ketishga qodir bo‘lmasa, iltifot ko‘rsatmay o‘tiradi («Naf'ul muftiy vas-soil» kitobidan).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.