background
logotype
image1 image2 image3

Jinga atab jonliq so‘yish...

SavolBa'zi azayimxon va folbinlar falon jinga yoki «6obo»larga atab jonliso‘yishnibuyurishadi. Shariatimiz bu masalaga qanday qaraydi?

JavobUlamolar jinlarga atab jonliq so‘yishning haromligiga ittifoq qilishgan. Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yish shirkdir. Allohdan boshqaga atab so‘yilgan narsadan tanovul etish musulmonga haromdir. Folbin va azayimxonlar sehrni yechdirish, jin chalgan kishini muolaja qildirish va shunga o‘xshash ishlarni istab kelgan johil kishilardan muayyan sifatli hayvonni keltirishni talab qiladilar. So‘ng uni so‘yib, qonini kasalga surishni buyuradilar. Jonliq so‘yuvchi garchi jinning nomini talaffuz etmasa-da, lekin amallari niyatga qarab bo‘ladi.

Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yuvchi mal'undir. Imom Muslim «Sahih»larida Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan ushbu hadisi sharifni keltiradi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqaga atab so‘ygan kishiga Allohning la'nati bo‘lsin», dedilar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.