background
logotype
image1 image2 image3

Itning hukmi qanday?

SavolBir tanishimning iti hovlida bo‘sh qo‘yib yuborilgan ekanYoz bo‘lgani uchun hovligajoynamoz soldi. It bo‘lgan hovlida namoz o‘qish joizmiUmumanit bilan bog‘limasalalarhaqida ma'lumot bersangiz.

Javob: Imom A'zam (r.a.) mazhablarida it yirtqich hayvonlar kabidir. U cho‘chqa yoki aroq kabi najasul-ayn emas. Shuning uchun itni sotish va sotib olish joiz, bog‘liq holda tutsa bo‘ladi. Hatto hazrat Usmon (r.a.) itga talofot yetkazgan kishiga tovon hisobida yigirmata tuya to‘lashni buyurganlar («Iysorul-insof fi osoril-xilof»). It yotgan yoki yurgan joy agar nam bo‘lmasa, harom hisoblanmaydi, u yerda namoz o‘qisa bo‘ladi. Itning terisi oshlash bilan toza bo‘ladi. Itning qordagi iziga oyoq yoki qo‘l qo‘yilsa, nam bo‘lsa, harom bo‘ladi, nam bo‘lmasa, harom bo‘lmaydi («Fatovoi Qozixon»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.