background
logotype
image1 image2 image3

Islom shariatida halol va haromga katta e'tibor beriladi. Ularni qanday farqlasa bo‘ladi?

Savol: Islom shariatida halol va haromga katta e'tibor beriladi. Ularni qanday farqlasa bo‘ladi?

Javob: Alloh taolo ruxsat etgan narsalar shariatda "halol" deyiladi. Mo‘min-musulmonlarga halol rizq topish, halol kasb bilan ro‘zg‘or tebratish, halol taom-ichimliklarni iste'mol qilish buyurilgan. Shariatimizda ijozat etilgan hamma narsa, yeyiladigan taomlar yoki qilinadlgan ishlar halol sanaladi. Alloh taolo halol qilgan narsalar inson uchun moddiy va ma'naviy foydalardan xoli emas.

Alloh taolo man qilgan narsalar va ishlar shariatda harom hisoblanadi. Harom ishga o‘tish yoki harom taom yeyish og‘ir gunohsanaladi. (Ba'zan zarurat tufayli harom halolga aylanishi ham mumkin, masalan, ochdan o‘layotgan odam zarur miqdorda harom iste'mol qilishi, dushmanga nisbatan yolg‘on ishlatish mumkinligi kabilar). Harom ish va narsalar sanoqlidir. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz: to‘ng‘iz, vahshiy hayvonlar, o‘zi o‘lib qolgan halol hayvonlarning go‘shtlari, so‘yganda chiqqan qon, "Bismillah"siz so‘yilgan halol hayvonlarning go‘shti, dinsiz (majusiy)lar so‘ygan hayvon go‘shti, mast qiluvchi ichimlik va giyohvand moddalarning barcha turlari, erkaklarga ipak va tilla ishlatish, ayollarga erkakcha kiyinish, tilla-kumush idishda ovqat yeyish, zinokorlik, sudxo‘rlik, o‘g‘rilik, qaroqchilik, g‘iybat, tuhmat, bo‘hton, yolg‘onchilik kabi narsalar musulmonlarga harom qilingan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.