background
logotype
image1 image2 image3

Harom o‘lgan va yovvoyi hayvonlarning terisidan foydalansa bo‘ladimi?

Savol: Harom o‘lgan va yovvoyi hayvonlarning terisidan foydalansa bo‘ladimi?

JavobCho‘chqadan boshqa go‘shti yeyilmaydigan barcha hayvonlarning hamda harom o‘lgan mol va qo‘ylarning terisi oshlash bilan pok va ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Cho‘chqa terisi oshlash bilan ham aslo pok bo‘lmaydi. O'lgan fil terisi esa oshlansa, halol.

Shuningdek, harom o‘lgan mollarning soch, tirnoq, shox va yog‘i bo‘lmagan suyaklari tozadir. Rasulullohning (s.a.v.) ham fil tishidan yasalgan taroqlari bo‘lgan. Kiyikning mushk xaltasi mushkning o‘zi kabi halol, iste'moli joiz. Yovvoyi mushukning mushki ham pok, undan sepgan kishining namozi durust bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.