background
logotype
image1 image2 image3

Erkaklarga tilla buyumni ishlatish shariatimizda harom qilingan ekan. Tilla tish qo‘yish masalasi qanday?

Savol: Erkaklarga tilla buyumni ishlatish shariatimizda harom qilingan ekan. Tilla tish qo‘yish masalasi qanday?

Javob: Imom Abu Hanifaga ko‘ra, ehtiyoj bo‘lsa, tishlarni kumush bilan mustahkamlash mumkin. Ammo u zotning shogirdlari imom Muhammad va imom Abu Yusuf bunday holda tilla ishlatish ham joiz, deyishgan. Bular uni burun masalasiga qiyosan aytishgan. «Siyrat»da rivoyat etilishicha, Arfaja ismli sahobaning burunlari g‘azotlardan birida shikastlanadi. U kishi kumushdan burun qo‘ydirganlarida, u sassiq hid chiqarib yuboradi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) burunni tilladan yasatishga ko‘rsatma beradilar. Zarurat bo‘lganidan u joiz sanalgan. Ikki imom tishlarni ham burunga qiyoslashgan.

Lekin imomi Abu Hanifa: «Tishlardagi zarurat kumush ishlatish bilan ham ko‘tariladi. Burunda muammo faqat tilla bilan hal bo‘ladi», deganlar. Shuning uchun ul zot nazdlarida tilla burunga joiz, tishlarda mumkin emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.