background
logotype
image1 image2 image3

Dinimiz hukmiga ko‘ra musulmonlarga nimalar iste'mol qilish man etilgan?

Savol: Dinimiz hukmiga ko‘ra musulmonlarga nimalar iste'mol qilish man etilgan?

Javob: Islom halollik va pokizalik dinidir. Shuning uchun ham musulmonlar iste'mol qiladigan ovqatlar halol va pokiza bo‘lishi kerak. Chunki Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qilgan: «Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni quruqlik, suvda yuradigan qilib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizq-ro‘z berdik».

Musulmonlarga Allohdan boshqaning nomini atab so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini, yovvoyi, yirtqich hayvonlar va yirtqich parrandalar go‘shtini, to‘ng‘iz (cho‘chqa) go‘shtini yeyish man etilgan. Musulmonlar, shuningdek halol hayvonlarning qonini, jinsiy a'zolarini, bezlarini va o‘t pufagini, o‘limtiklarni yeyishi mumkin emas. Uy hayvonlaridan mol, tuya, qo‘y, echki, suv hayvonlaridan baliq go‘shti halol. Ot go‘shti halol. Chigirtkadan boshqa barcha hasharotlar esa harom.

Dinimizdada mast qiluvchi ichimliklar, giyohvand moddalar ham harom qilingan. Ichkilikbozlik barcha kulfatlarning, jinoyatlarning onasidir, jamiyatni buzuvchi va insonlarni halokatga olib boruvchi qattol va yovuz ofatdir. Shuning uchun Rasuli akram (s.a.v.): «Bir marta xamr (aroq) ichgan odam qirq kunlik namoz savobidan mahrum bo‘ladi, basharti u ichib turib o‘lsa, do‘zaxga tushadi», deb uqtirganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.