background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zi narsalar iste'moli nega harom qilingan? Buning sabablari ham ko‘rsatilganmi?

Savol: Ba'zi narsalar iste'moli nega harom qilingan? Buning sabablari ham ko‘rsatilganmi?

Javob: Dinimizda narsalarning iste'moli to‘rt sababdan biriga asosan harom qilingan. Ulardan birinchisi narsaning insonga oziq bo‘lishga yaroqsizligidir. Tuproq, pashsha kabi narsalarning iste'moli man qilinishiga sabab shudir.

Narsaning ta'ban jirkanchligi va zararli bo‘lishi ham uning iste'moli harom qilinishiga sababdir. Qurbaqa, toshbaqa kabilar shunga asosan harom hisoblanadi.

Narsaning najasligi, ya'ni iflosligi (masalan cho‘chqa go‘shti) uning haromligiga asosdir. Bu uchinchi sababning misollari juda ko‘p.

Narsaning hurmati va ehtiromi ham uning iste'moli haromligiga bois bo‘ladi. Inson a'zolari iste'moli shuning uchun man qilingan (Abdulaziz Buxoriyning «Kashful asror» kitobi asosida tayyorlandi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.