background
logotype
image1 image2 image3

Shaytonga qachon tosh otiladi?

Savol: Haj qilish maqsadida uning arkonlarini o‘rganmoqdaman. Iltimos, shaytonga tosh otish vaqtlari haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: Uch kun: zulhijjaning o‘ninchi, o‘n birinchi, o‘n ikkinchi kunlari shaytonga tosh otish hajning vojiblaridandir. O'ninchi zulhijja kuni faqat katta jamraga yettita toshcha otiladi (katta jamra Makka tomondan Mino chegarasidadir). Bu tosh otish vaqti tong otgandan ertangi kun tong otgungachadir. Lekin quyosh chiqqandan zavolgacha tosh otishning sunnat vaqtidir. Zavoldan quyosh botguncha tosh otish mubohdir. Qolgan vaqtlari tosh otish makruhdir. Zulhijjaning o‘n birinchi, o‘n ikkinchi kunlari kichik, o‘rta va katta jamralarga mazkur tartibda yettitadan toshcha otiladi. Bu tosh otishning vaqti zavoldan keyingi kun quyosh chiqqungachadir. Ammo zavoldan quyosh botguncha tosh otishning sunnat vaqtidir. Quyosh botgandan tong otguncha tosh otish makruhdir. Zulhijjaning o‘n uchinchi kuni ham Minoda qolgan hojiga yana uch jamraga tosh otish mustahabdir. Bu kuni tosh otishning vaqti tong otgandan quyosh botgungachadir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.