background
logotype
image1 image2 image3

Haji badalning qanday shartlari bor?

Savol:  Haji badal  qildirmoqchi  edim. Uning shartlarini bayon qilsangiz.

Javob: Quyidagi shartlar bo‘lganida o‘z nomidan haj qildirish (haji badal) joiz bo‘ladi:

- haj qilishga qodir bo‘lgan kishi biror sababdan (masalan, dardga chalingani sababli) hajni ado qilishdan ojiz qolishi kerak. O'zi hajni ado qilishga qodir bo‘lgan kishi va kambag‘al haji badal qildirsa, o‘ringa o‘tmaydi;

- ojizlik oxirigacha davom etishi kerak. Agar haji badal qildirgach, ojizlik bartaraf bo‘lsa, o‘zi qayta haj qilishi lozim bo‘ladi;

- ojiz qolgan kishi boshqaga "Mening nomimdan haj qil", deb buyurishi kerak. Kimdir ixtiyori bilan birovning nomidan haji badal qilsa. hisob bo‘lmaydi. Faqat farzandlar o‘tgan ota-onalarining nomidan o‘zlari haji badal qilishlari yo birovga buyurishlari mumkin;

- haji badal qiluvchining yo‘l va ozuqa xarajatlari buyuruvchining molidan bo‘lishi lozim. Haji badal uchun xizmat haqi to‘lanmaydi;

- haji badal qiluvchi ehromni haji badal qilishni buyurgan kishi nomidan bog‘lashi kerak.

Haji badal qilishni zimmasidagi haj farizasini ado qilgan kishiga buyurish afzaldir. Haj farizasini ado qilmagan er yoki ayolga ham haji badal qilishni buyurish hanafiy mazhabida joizdir ("Qozixon", "Raddul muxtor", "Durrul muxtor", "Olamgiriya ").

Dinda savolim bor


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.