background
logotype
image1 image2 image3

Baytullohni tavof qilishda ayollar uchun qaysi afzal: toshni o‘pishmi yoki ...

Savol: Baytullohni tavof qilishda ayollar uchun qaysi afzal: toshni o‘pishmi yoki odamlar tiqilinch joydan uzoq bo‘lishmi?

Javob: Ba'zi kishilarning farz namozida salom berishdan oldin shoshilib toshni o‘pish uchun shiddat bilan yugurishganini ko‘ramiz. Bunday holda sunnat bir amalni bajaraman, deb Islom ruknlaridan bo‘lgan farz namozini buzadi.

Agar toshni o‘pish tavof bilan tenglashtirilsa, bilimsizlik alomatidir. Aslida, toshni o‘pish yo toshga ishora qilish faqat tavofning ichidagina sunnatdir. Chunki tavofdan boshqa paytda toshga ishora qilish sunnat emas. Bu tavof ham agar o‘ziga yoki boshqaga ozor berish bilan bajarilsa, sunnat bo‘lmaydi. Shunda biz Rasululloh (s.a.v.) ko‘rsatgan ikkinchi usulga o‘tamiz. Ya'ni, inson qo‘lini o‘pib, toshga ishora qiladi. Agar-da bu ham ozor yoki mashaqqatga sabab bo‘lsa, u holda uchinchi yo‘lni tutamiz. Bu yo‘l toshga uzoqdan qo‘lni o‘pmay, o‘ng qo‘l bilan ishora qilishdir. Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlari shunday edi. Shuning uchun ayollar bundan qaytariladi, chunki ayol homilador, qari yoki yosh qiz bo‘lishi mumkin va bularning barchasi munkar ishlardir, chunki ayolga zarar yetishi mumkin. Ayolning erkaklardan iborat tiqilinch joyda qolishi harom va makruh ishlardandir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.