background
logotype
image1 image2 image3

To‘y kuni kuyov kelinni yelkasida ko‘tarib, uyga olib kirishi joizmi?

Savol: O‘zbekchiligimizning ajoyib odatlari bor. Shulardan biri to‘ylarimizda kelinni olib kelganda kuyov uni ko‘tarib yelkasida olib kiradi. Bu urf dinimizga to‘g‘ri keladimi?

Javob: Kuyovning bunday qilishidan maqsad nima? Agar buning negizida biror bid’at-xurofatlar aralashgan e’tiqod bor bo‘lsa, unday qilish joiz emasdir. Agar hech qanday irim-sirim va bid’atlar aralashgan bo‘lmasa, uning zarari yo‘qdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.