Qadar va taqdir bir narsami?
Savol: Qadar va taqdir bir narsami? Shuni tushuntirib bersanglar.
Javob: Qadar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lish uchun avval uning ma'nosini bilish lozim. Qadar - «paydo qilish, yaratish» ma'nosidadir. Qadar «yaratish» ma'nosida bo‘lgani uchun aqida bobida turli qarashlar paydo bo‘ldi. Mo‘'taziliy va qadariylar «Yaxshiliklarni Alloh taolo xalq qiladi, yomonliklarni - bandaning o‘zi», deydi. Ularning ba'zilari «Yomonliklarni iblis xalq qiladi, shuning uchun Alloh taolo iblisni yaratmagan», degan aqidadadir. Bundan iblis maxluq emas, qadim va xoliq, degan ma'no chiqadi. Bu Alloh taologa shirk keltirishdir, ochiq kufrdir. Bunday tushunchadagilar shaytoniyya toifa bo‘lib, qadariylardan bir toifadir. Bu aqida majusiylar aqidasiga uyg‘un bo‘lganidan Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Qadariylar - ummatimning majusiylari», deganlar.
Biz - Ahli sunna val jamoa barcha yaxshilik va yomonlikni Alloh taolo xalq etadi, deb e'tiqod qilamiz. Alloh taolodan o‘zga xoliq, yaratuvchi yo‘qdir. Niso surasining 78-oyatida: «Hamma narsa Allohdan deng», deya marhamat qilingan.
Shu o‘rinda «Yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan bo‘lsa, yomonlik uchun jazo berish adolatsizlik bo‘lmaydimi?» degan o‘yga bormaslik kerak. Zero, Alloh taolo bizlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytargan. Biz shu amrga bo‘ysunmay, ixtiyorimiz bilan yomonlikka qo‘l urganimiz uchun jazolanamiz.
Taqdir esa - «belgilash, tayin etish» ma'nosidadir. Har bir maxluqning ko‘rinishi, husni, foydali yoki zararli ekanligi, qachon va qaerda bo‘lishi Alloh taoloning taqdiri, xalq qilishi bilan bo‘ladi. Barcha maxluqlarni va ularning fe'l-amallarini Alloh taolo yaratgan. Shu ma'noda taqdir va qadar mushtarakdir. («Aqidai Nasafiyya» va «Tamhid» kitoblari asosida)
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.