background
logotype
image1 image2 image3

Jinlar qay shaklda ko‘rinadi?

Savol: Jinlar qay shaklda ko‘rinadi?

Javob: Bir necha hadislarga ko‘ra shayton va jinlar gohida odam, ko‘pincha turli hayvonlar shaklida ko‘rinar ekan.

Payg‘ambar (s.a.v.): «Bani Isroildan ba'zilari maymun va to‘ng‘izlar suratiga aylantirib qo‘yilganidek, jinlar ham ilonlar suratiga kiritilgan», deganlar. (Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati).

Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan ushbu hadisni rivoyat qilganlar: «Har bir tuyaning ustida shayton bor. Ular minib xorlanganlar. Chunki minuvchini Alloh taolo ko‘tarib turadi»,

Abu Qaloba (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: «Agar itlar bir jamoat bo‘lmaganida ularni o‘ldirib yuborishga amr etardim. Lekin qorasini o‘ldiringlar. Chunki u itlarning jinidir yoki jindandir».

Shayxulislom Ibn Taymiya (r.a.) shunday deydilar: «Qora it itlarning shaytonidir. Jinlar juda ko‘p suratlarda ko‘rinadi. Shuningdek qora mushuk suratida ham. Chunki qoralik boshqa ranglarga qaraganda shaytoniy kuchlarni jamlovchiroqdir. Yana unda harakat quvvati ham bordir. Jinlar ilon, chayon va boshqa suratlarda, tuya, sigir, qo‘y, ot, xachir, eshak va qushlar suratida ham, bani Odam ko‘rinishida ham ko‘rina oladilar».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.