background
logotype
image1 image2 image3

Jinlar bor narsami?

Savol: Jinlar bor narsami?

Javob: Jinlar inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan g‘aybiy narsa bo‘lib, u haqiqatan mavjud maxluqdir. Alloh taolo va Uning payg‘ambari xabar bergan, ammo bizga ko‘rinmaydigan narsalar g‘aybiy sanalib, ularga imon keltirish islomiy aqidaning asosi hisoblanadi va har bir musulmon bunga imon keltirishi lozim.

Jinlarning mavjudligiga Qur'oni karimda dalillar ko‘p: «Ey Muhammad, eslang, Biz sizning oldingizga bir guruh jinlarni Qur'on tinglasinlar, deb yuborgan edik» (Ahkof surasi, 29-oyat); «Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va yer chegarasidan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar» (Ar-Rahmon surasi, 33-oyat); «Albatta insdan bo‘lgan (ayrim) kishilar jindan bo‘lgan kimsalardan panoh tilashib, ularga yanada haddan oshishini - muttahamlikni ziyoda qilur edilar» (Jin surasi, 6-oyat).

Jinlarning mavjudligi va ularning tabiati haqida Payg‘ambarimiz Muhammaddan (a.s.) ham bir necha hadislar rivoyat qilingan. Imom Muslim ibn Mas'uddan (r.a.) ushbu hadisni rivoyat qiladilar: «Biz bir tun Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik, u kishini yo‘qotib qo‘ydik... Tong otganda esa u zot Xiro tomondan keldilar. Biz: «ey Rasululloh, biz sizni yo‘qotib qo‘yib izladik, lekin topa olmadik va eng yomon tunimizni o‘tkazdik», dedik. Shunda Rasululloh: «Menga jinlarning da'vatchisi keldi, u bilan jinlarning oldiga bordik. Men ularga Qur'on o‘qidim», dedilar».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.