background
logotype
image1 image2 image3

«Barzax hayoti» degan gap uchrab qoldi. U nima?

Savol: «Barzax hayoti» degan gap uchrab qoldi. U nima?

Javob:  «Barzax» - lug‘atda «ikki narsa orasida joylangan» degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun dunyo va oxirat olami o‘rtasidagi qabr olami «Barzax» deyiladi. Inson vafot etganidan so‘ng qabrga dafn qilinsa ham yoki jasadi topilmay dafn etilmasa ham baribir barzax olamiga o‘tadi. Inson vafot etib qabrga qo‘yilgach, ya'ni barzaxga o‘tgach ikki farishta Munkar va Nakir uni savolga tutadi. Hazrati Usmon (r.a.): «Qabrda najot topganga keyingi hollar oson bo‘ladi, najot topmaganga keyingi hollar yanada dahshatli bo‘ladi», deb marhamat etganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.