Ayrim kishilar uylariga isiriq, mashinalariga tumor va ko‘zmunchoq osib qo‘yishadi...
Savol: Ayrim kishilar uylariga isiriq, mashinalariga tumor va ko‘zmunchoq osib qo‘yishadi. Ularning foydasi bormi?
Javob: Xalqimizning ayrim qatlamlari orasida ishining rivoj topishi yoki savdosining yurishi uchun isiriq tutatish, balo-qazolardan va ofat-falokatlardan himoyalanish uchun kiyimlariga, uloviga tumor va ko‘zmunchoq osish, uylariga isiriq, hayvonlarning shoxini ilib qo‘yish kabi irim-sirimlar bor. Bularning barchasi Islomda yo‘q narsalar bo‘lib, ularga ixlos qo‘yish va amal qilish shirkdan boshqa narsa emas.
Islom aqidasi boshga keladigan barcha yaxshilik-mushkulotlar faqat Allohdan bo‘lishini, balo-qazo va ofat-falokatlardan faqat yolg‘iz Alloh taoloning O‘zigina asrashga qodirligini, har bir inson taqdiri ilohiysida nima yozilgan bo‘lsa, shuni albatta ko‘rajagini uqtiradi.
Demak, nima ishga kirishmoqchi bo‘lsangiz, «Bismilloh» bilan boshlab, Alloh taolodan uning rivojini, barakotini, oxiri xayrli tugashini so‘rang. Ko‘chaga yoki safarga ketayotib, Uning O‘zidan panoh va omonlik-ofiyat tilang. Har xil balo-qazo, ofat-falokatlardan, turli kasalliklardan panohida asrashni faqat Allohning O‘zidan so‘rang. Buning uchun Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflar orqali juda ko‘p duolar kelganki, ana shularni muntazam o‘qib yursangiz, kifoya. Yana qaytarib aytamiz, isiriq, tumor va ko‘zmunchoq kabi narsalar sizni hech narsadan asramaydi, hech narsada sizga yordam berolmaydi.
Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan hadislarda quyidagicha aytiladi: «Allohga suyanish o‘rniga boshqa sehru jodu, tumorlarga ixlos qo‘ygan kishini Alloh o‘z holiga tashlab qo‘yadi (ya'ni, yordam bermaydi)», «Azayimxonlik, tumor taqmoqlik va sehr-jodu bilan shug‘ullanmoqlik Allohga shirk keltirish bilan barobardir».
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.