background
logotype
image1 image2 image3

Sun'iy emizishga ijozat bormi?

SavolKelinim «sutim yo‘q»degan bahona bilan bolasini emizmayaptiShariatimiz bumasalaga qanday qaraydi?

JavobQuritilgan sut bolaga qoshiq bilan beriladimi yo so‘rg‘ich bilan ichkiziladimi, emizish hisoblanmaydi. Zero, u taom (ovqat)dir. Faqat emizikli xotinning sutini berish «emizish», deyiladi.

Bolalarni quritilgan sut yo shu kabilar bilan ovqatlantirish odatini ilgari bizning musulmon o‘lkalarda bilishmagan. Bu odat bizga g‘arbdan keldi. G'arbda onalar qomatlari bichimining buzilishidan qo‘rqib, farzandlarining sog‘ligi va bardam o‘sishiga e'tibor qilmay, emizish vazifasidan bosh tortdilar. Ana shunday G'arb hozir asliga qaytmoqda, xotinlarni farzandlarini emizishga chaqirmoqda. Emizish xushbichimlilik va go‘zallikka ziyon qilmaydi, aksincha, qomatni yanada kelishgan va go‘zal qiladi, deb onalarni ishontirmoqda.

Musulmon xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, har qanday mulohazadan oldin birinchi navbatda Alloh taoloni rozi etadigan va o‘ziga ajr-savob keltiradigan so‘z va amalni qidiradi. Alloh taoloning rahmati, roziligi va ajridan umid etgan holda sabr qilib, pushtini qiynalib ko‘targan va qiynalib tuqqan, homiladorlikning qiyinchilik va og‘irliklariga, tug‘ish dardlari va qo‘rquvlariga chidagan musulmon ona chaqalog‘ini mehr bilan bag‘riga bosadi, sutining tomchisini ham bolasi va suyumligidan hech qachon darig‘ tutmaydi. Balki bunda o‘zini tengsiz baxtli his qiladi. Buning uchun ajru savobga ham sazovor bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.