Nifosning qanday hukmlari bor?
Savol: Ayollarning ko‘zi yoriganida bachadonlaridan nifos (lohusa) qoni keladi. Ana shuning shar'iy hukmlarini bilmoqchi edim. Shu haqda batafsilroq ma'lumot berolmaysizlarmi?
Javob: Ko‘zi yoriganida xotinning bachadonidan keladigan qon nifos, deyiladi. Turkiy tillarda buni lohusalik, deb atashadi. Lohusalikning eng kam muddati uchun bir chegara yo‘q: bir kun, bir soat qon kelishi yoki ayol umuman qon ko‘rmasligi mumkin. Bunday ayollar lohusa hisoblanmaydilar, darhol yuvinib-cho‘milib, namoz o‘qiydilar, ro‘zalarini tutadilar. Lohusalikning eng ko‘p muddati qirq kundir. Qon kelishi qirq kundan ziyod davom etsa, qirqinchi kun to‘lgach, yuvinib-cho‘milib, ibodatlarini ado etishga kirishadilar. Qirq kundan so‘ng kelgan qon uzr qonidir - istihozadir. Nifos sanalmaydi. Har bir vaqt namozi uchun alohida tahorat olinib, namoz o‘qiladi.
Egiz tuqqan xotin lohusalik muddatini birinchi chaqaloq tug‘ilgandan hisoblaydi.
Nifos muddati ichida ko‘rilgan poklik nifos hukmidadir. Masalan, o‘n kun qon kelgach, besh kun to‘xtasa va tag‘in o‘n kun qon kelsa, yigirma besh kunning hammasi nifos muddatiga kiradi. Nifosdagi ayol namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi, eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi. Toza bo‘lgandan so‘ng qoldirgan ro‘zalarini tutib beradi.
Agar bir xotin ko‘zi yorigach, hech qon kelmasa, lohusa sanalmaydi. Bunday xotinga g‘usl qilish shart emas, tahorat kifoya. Ro‘zasi buzilmaydi. Lekin Imomi A'zamga ko‘ra, bunday xotinning g‘usl qilishi a'lodir.
Lohusa ayol qoni ilgari ma'lum bo‘lgan odatidan avval to‘xtasa, yuvinib-cho‘miladi, namozini o‘qiydi, ro‘zasini tutadi, faqat eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.