background
logotype
image1 image2 image3

Homiladorlikka ham savob bormi?

Savol: Homilador ayollar ana shu holatdagi chekkan qiyinchiliklari evaziga katta savob olishadideb yozilibdiNima, homilador bo‘lgani uchun ham ayollar savobga erishadimi?

JavobAyollarning eng fazilatlisi va martabasi balandi onalardir. Ular ona bo‘lishda kechirgan qiyinchilik va tashvishlar sababidan shunday ulug‘ martabaga loyiqdir. Ahqof surasining 15-oyati buning izohiga kifoyadir. Oyat mazmuni shunday: «Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdikUni onasimashaqqat bilan ko‘targan va mashaqqat bilan tuqqanUning homila va ko‘krakdan ajralishmuddati o‘ttiz oydir».

Zero, ona bo‘lajak insonni qiynalib qornida ko‘tarib yuradi va qiynalib tug‘adi. Ona homiladorlik qiyinchiliklarini va tug‘ish dardlarini, go‘dakni emizish og‘irliklarini boshidan o‘tkazadi.

Luqmon surasining 14-oyati mazmuni shunday: «Biz insonga ota-onasiga (yaxshilik qilishni) amretdikOnasi unga ojizlik bilan homilador bo‘ldiUni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda(kelur). (Biz insonga buyurdikki), Sen Menga va ota-onangga shukr qilginYolg‘iz O'zimgaqaytajaksan!»

Ona otadan ko‘proq qiyinchilik chekkani uchun farzandlar oldida uning haqqi ko‘pdir. Shuning uchun farzandlar onaga ko‘proq iltifot va ehson ko‘rsatishlari lozim. Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh! Insonlardan kim g‘amxo‘rlik qilishimga haqliroq?» deb so‘radi. Rasululloh (s.a.v) javob qildilar: «Onang». So‘radi: «So‘ng kim?». Javob qildilar: «Onang». So‘radi: «So‘ng kim?» Javob qildilar: «Onang». So‘radi: «So‘ng kim?» «Otang», deb javob qildilar Rasuli akram (s.a.v.)».

Bu hadis otaning qadri va huquqlarini pasaytirib-kamaytirmaydi. Otaning farzand oldidagi haqqi juda ulkandir. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayol haqqi ko‘p holda pasaytirilgani bois, xususan, o‘zlari yashagan davrda kishilar johiliyatning yomon xulqlari, ayolga nisbatan johilona munosabatlardan endi yiroqlashayotgan paytda, ota-onaga yaxshilik qilishni, xossatan, farzandlar oldida otaning huquqlaridan ham ko‘ra katta bo‘lgan onaning huquqlarini ado etishni va unga yaxshilik qilishni targ‘ib qilmoqdalar.

Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni farzandlarga farz etdi. Ularga qilingan yaxshiliklar uchun katta savoblar berdi. Ularni xafa va norozi etishni harom qildi va ulkan gunohlar qatoriga qo‘ydi. Bu haqda oyat va hadislar ko‘p. Jumladan, Isro surasining 23-24-oyatlari mazmuni shunday: «Parvardigoringizyolg‘iz Uning pziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi.Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshigayetsalarularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarmaUlarga (doimo) yaxshi so‘z aytUlar uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut -xokisor bo‘l va«Parvardigorim,meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlarideksen ham ularga rahm-shafqatqilgin»deb (haqlariga duo qil)!».

Imom Buxoriy va Muslim Abdulloh Amr ibn Osdan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Hijrat va jihod qilish uchun sizga ahd beraman, Alloh taolodan ajr istayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) undan so‘radilar: «Ota-onangning birortasi tirikmi?» «Ha. Ikkisi ham tirik», deb javob qildi u kishi. «Sen Alloh taolodan ajr istaysanmi?» dedilar Rasululloh. «Ha», dedi u. «Ota-onang oldiga qayt va ularga yaxshi g‘amxo‘rlik qil», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam».

Imom Buxoriy va Muslim Nufoy ibn Horisdan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Eng katta gunohlardan sizlarni ogoh etaymi? Eng katta gunohlardan sizlarni ogoh etaymi? Eng katta gunohlardan sizlarni ogoh etaymi?» «Ha, yo Rasululloh», dedik. Rasululloh aytdilar: «Alloh taologa shirk keltirish, ota-onani norozi qilish». Suyangan edilar, to‘g‘rilanib o‘tirdilar va: «Ogoh bo‘ling! Yolg‘on so‘zlash va yolg‘on guvohlik berish!» dedilar. Bu jumlalarni takrorlayverdilar. Hatto biz: «To‘xtasalar edi», deb qoldik».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.